$
 12727.96
17.01
 13781.84
62.91
 139.46
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 29-aprel voqealari

4 29

“Prava”ni imtihonsiz olib berishni va'da qilganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.O. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida hech qanday imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro M.A. fuqaro E.M.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ota qizining davolanishiga ajratilgan pulni o‘zlashtirgan

Buxoroda ota 6 yashar xasta qizining davolanishi uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Qayd etilishicha, ombudsman kotibiyatiga Buxoro viloyati Romitan tumanida yashovchi Sh.M. (ayol kishi) dan murojaat kelib tushgan. 

Murojaatda ayol 2018 yilda tug‘ilgan qizi M.M. Respublika bolalar onkologiya va gematologiyasi markazida davolanayotganligini va unga "o‘tkir leykoz" tashxisi qo‘yilganligini, bolaning otasi T.J. qizni davolatishdan bosh tortib, moddiy ta’minot bermaganligini, aksincha ota bolaning davolanishi uchun "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan ajratilgan pulni o‘zlashtirganligini bildirgan.

Kredit mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi 

Navoiy viloyatidagi reyd tadbirida “B.” MCHJ masʼul shaxslari Davlat kadastrlari palatasi Karmana tuman boʻlimidan tumandagi “Yoshlik” istirohat bogʻini roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi soxta kadastr hujjatlari rasmiylashtirishga erishib, tijorat banki filialidan istirohat bogʻini obodonlashtirish hamda texnikalar va attraksionlar xarid qilish uchun ajratilgan 6,5 mlrd soʻm kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Instagramdagi sotuvchi ayol firibgar boʻlib chiqdi

Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida yashovchi 51 yoshli (ayol) U.D. ariza bilan murojaat qilib, oʻzining bank kartasidagi 420.000 soʻm pullari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumanida yashovchi 21 yoshli (ayol) X.F. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan (ayol) X.F., U.D.ga oʻzini instagram platformasi orqali “Firana,store” nomli profilning administratori sifatida tanishtirib, u xarid qilgan kiyim-kechaklar uchun boshlangʻich toʻlov sifatida oldindan 420,000 soʻm pullarini oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga oʻtkazib olib, soʻng vaʼdasini bajarmasdan, yozishmalarni oʻchirib yuborganligi maʼlum boʻldi.