$
 12662.01
21.8
 13593.93
34.78
 137.65
0.63
weather
+26
Кечаси   +14°

Telegramdagi ma’lumotlarga qanchalik ishonasiz?

Telegram

Telegram — O‘zbekistondagi eng mashhur platformalardan biri. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ilovaning O‘zbekistondan 18 milliondan 24 milliongacha foydalanuvchisi bor. 

6 ming respondent

Insight business ushbu messenjerda foydalanuvchilarning xatti-harakatlari bo‘yicha kichik tadqiqot o‘tkazdi. Onlayn so‘rovnomaga 6 ming nafar respondent jalb qilingan.

Respondentlarning 68.8 foizi erkaklar, 31.2 foizini ayollar tashkil etadi.

Natijalar qanday bo‘ldi?

Natijalarga ko‘ra, 54 foiz odam Telegramdagi ma’lumotlarga ishonishini bildirgan.

Foydalanuvchilarning katta qismi ushbu messenjerdan 1-3 soat vaqt foydalanadi. Sal kam 60 foiz odam yangiliklar kanallarini kuzatishini bildirgan.

Eng ko‘p foydalanuvchilar Toshkent shahridan.

Foydalanuvchilarning asosiy, 31.2 foizini 26-35 yoshlilar tashkil qiladi. 20-25 yoshli foydalanuvchilar 24.4 foiz.