$
 12662.01
21.8
 13593.93
34.78
 137.65
0.63
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 6-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

4 6

Harbiy ogohlantirish

Bugun, 6-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari bo‘linmalari ishtirokida maxsus-taktik o‘quvlar boshlandi.

Bunda harbiy yengil zirhli va yuk avtomobillarining Toshkent viloyati va Toshkent shahrining belgilangan marshrutlari bo‘yicha harakatlanishi rejalashtirilgan bo'lib, Harbiy texnikalar harakati vaqtida haydovchilarga yo‘l-harakati qoidalari va harakat xavfsizligiga qat’iy rioya qilish tavsiya qilinadi.

Jahon kubogida 3-o‘rin

Armaniston poytaxti Yerevan shahrida sambo bo‘yicha 11 mamlakatning 200 dan ziyod sambochisi ishtirok etgan kattalar o‘rtasidagi jahon kubogi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi 10 ta medalga musharraf bo‘ldi.

Umum jamoa hisobida Xalqaro sambo federatsiyasi bayrog‘i ostida jahon kubogida ishtirok etgan Rossiya terma jamoasi 1-o‘rinni, ukrainaliklar 2-o‘rinni, umumiy hisobda 1 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish borasida nufuzli musobaqani 3-o‘rinda yakunladi.

Yoshlarni bandligi ta’minlandi

Asaka tuman adliya bo‘limi tomonidan Asaka tuman “Farovon” MFY hududida yashovchi doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida ularga yer maydonlari ajratib berilishi ta’minlandi.

Xususan, tuman adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar M.Xolmatov, Sh.Matmusayev va M.Xasanovalarga dehqonchilik qilishi uchun ajratib berilgan yer maydonlariga xozirda kartoshka, karam va pomidor ko‘chatlari ekilib ushbu ajratilgan yer maydonlaridan unumli foydalanib kelinmoqda.

Endi xorijga ketayotganlarga xarajatlarda yordam ko'rsatiladi

Yurtimizda har yili o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar muassasalarini qariyb 650 ming yosh bitiradi. Ularning chorak qismi oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinsa, qolgani mustaqil ravishda, jumladan, xorijdan ish qidira boshlaydi. Ushbu talabni qondirish maqsadida O‘zbekiston iqtisodiyotida yiliga o‘rtacha 300 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilmoqda.

Ish izlab chiqayotgan migrantlarning 43 foizdan ortig‘ini o‘rta ma’lumotli, qariyb 29 foizini tugallanmagan o‘rta ma’lumotlilar tashkil qiladi. Ularning aksariyati xorijda o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini to‘la himoya qila olmaydi. Bunga, birinchi navbatda, til bilmasligi sabab.

Endilikda mehnat migrantlari bilan muloqot o‘rnatiladi va ularning muammo va ehtiyojlarini o‘rganish va hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. 

Avvallari xorijga ishlash uchun ketayotganlar uyidagi mol-holini sotib yoki qarindosh urug‘idan, aka-ukasidan qarz-havola olib ketishga majbur bo‘lardi. Endilikda bu muammo ham bartaraf etilmoqda. Bundan buyon migrantlarning ishchi viza, yo‘l chiptasi, xorijiy til va kasb bo‘yicha malakani baholatish xarajatlari qisman qoplanadi. Chet tili bo‘yicha xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikat olgan fuqaroga esa til o‘rganish uchun sarflagan xarajatining 50 foizi qoplab beriladi.