$
 12662.01
21.8
 13593.93
34.78
 137.65
0.63
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 15-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

Day 15-aprel

Taxmina Ikromova jahon kubogi sovrindori

Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining boshqa bir a’zosi Anastasiya Saranseva ko‘pkurash dasturida 122.7 ball bilan o‘n to‘qqizinchi pog‘onaga joylashdi.  

Badr bin Hamad al-Busaydiy boshchiligidagi delegatsiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi vazirlar strategik muloqotida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaydiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi salohiyatni samarali ro‘yobga chiqarish masalalari ko‘rib chiqildi.

34 560 ta ariza ijobiy baholandi

Mamlakatda «Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturi amalga oshirilmoqda.

 2024-yil 15-aprel holatiga «Biznes portal» platformasiga yuborilgan 34 560 ta tashabbuskorlarning arizalari skoring bosqichida ijobiy baholandi. Mazkur jarayon inson omili ishtirokisiz amalga oshirilmoqda. Shu kunga qadar hokim yordamchilari tomonidan 30 595 ta loyihaga ijobiy tavsiya berilgan.  

O‘z navbatida, hozirda hokim yordamchilari tomonidan o‘rganish jarayonidagi loyihalar soni 1 665 tani tashkil qiladi.  

Pedagoglarning malaka (test) sinovlari

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, joriy yilning aprel-may oylarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagoglari malaka (test) sinovlaridan o‘tkaziladi.

2023-yil 5-7-dekabr kunlari o‘qituvchilar bilim darajasi past bo‘lgan 20 ta tuman (shahar)da faoliyat olib borayotgan pedagoglar ishtirokida malaka toifalari berishning mazkur yangi tizimi tajriba-sinovdan o‘tkazildi. Unda 4123 nafar pedagog ishtirok etdi.  

Aprel-may oylariga belgilangan sinov jarayonlari ham amaliyotga joriy etilgan yangi tizim asosida o‘tkaziladi.

Ikki bosqichda tashkil etiladigan mazkur malaka toifasini olish sinovlari mamlakatimiz miqyosida bugun, 15-aprel kunidan boshlandi hamda may oyining yakuniga qadar davom etadi.

Теги :
Жамият