$
 12662.01
21.8
 13593.93
34.78
 137.65
0.63
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 12-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

4 12

Tomorqadan topilgan qadimiy topilmalar

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Sarijar mahallasida yashaydigan Erkin Tulakov hovlisida issiqxona qurishni niyat qilib, tomorqasida ish boshladi. Shu maqsadda mo‘ljallagan yerini qaziy boshlaganida yarim metrlar chuqurlikda katta xum gardishiga duch keldi.

Ayni paytda olib borilayotgan 4 xum idishlarning dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, xumlarning ikki donasi milodiy IX-XIII asrlarga, yana ikkitasi XIV-XVI asrlarga oid ekani taxmin qilinmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi Belarus prezidenti tomonidan qabul qilindi

Ilk rasmiy tashrif bilan Minskda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko qabul qildi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Minskda Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik bilan uchrashdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Minskda Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik bilan uchrashdi.

Ipak qurti urug‘lari Xitoydan keltirilmoqda

Shu kunlarda bahorgi pilla yetishtirish mavsumi uchun ipak qurti urug‘lari Xitoydan keltirilib, Toshkent viloyatining 11 ta ixtisoslashgan tumanlariga tarqatilyapti.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, jami 20 ming 180 quti xorijdan keltirilgan ipak qurti urug‘larining holati mo‘tadil, talafotlar yo‘q. Mazkur elita urug‘larining 1 qutisidan 58-60 kilogramm hosil olish reja qilingan.

Rimga parvozlar

Italiyaning Rim shahridagi Leonardo Da Vinchi xalqaro aeroportida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan Toshkent-Rim-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchadigan havo qatnovlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Rimdan Toshkentga yo‘l olgan birinchi reys orqali 115 nafar yo‘lovchi uchib ketdi. Ularning 95 nafarini italiyalik turistlar, 20 nafarini O‘zbekiston fuqarolari va turoperatorlar tashkil qildi.

Eronda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sovrini uchun bellashuv

11-aprel kuni dunyoning eng kuchli kurashchilari Eronning Esferayen shahrida milliy sportimiz kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sovrini uchun Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan nufuzli turnirda ishtirok etish uchun jam bo‘lishdi.

Xalqaro turnir nizomiga muvofiq, musobaqada kurashchilar -90 va +90 kilogramm vaznda bellashadi. Unda har bir davlatdan bitta vaznda 2 nafardan sportchi bilan ishtirok etishi belgilangan.

13-aprelga qadar davom etadigan turnirda g‘oliblik shoxsupasiga ko‘tarilgan polvonlar 3 ming dollar bilan taqdirlanadi. Kumush medalni qo‘lga kiritgan kurashchilar ming va bronza medali sohiblari 500 AQSH dollariga sazovor bo‘lishadi.

1,5 milliard so‘m to'lanmagan ish haqi 

Namanganda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi hamda uning shahar, tuman bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida mehnat qonunchiligiga rioya qilinmagan holda bo‘shatilgan besh nafar shaxs ishga qayta tiklandi.

Ish haqi undirish bilan bog‘liq hujjatlarning ijrosiga ham alohida e’tibor qaratilgan. O‘tgan davr mobaynida ushbu toifadagi 2,1 milliard so‘mlik 163 ta ijro hujjati bo‘yicha harakatlar olib borildi. Natijada 1,7 milliard so‘mlik 96 ta hujjat ijrosi ta’minlandi. Amalda undiruv 1,5 milliard so‘mni tashkil qildi.