$
 12662.01
21.8
 13593.93
34.78
 137.65
0.63
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 31-mart eng muhim voqealari dayjesti

3 31

“Bir bolaga bir daraxt” tizimi ishlay boshladi

Bugun mamlakatimizning barcha hududida ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlariga boshqaruv tashkilotlari tomonidan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

Turli hasharlar orqali ekilayotgan har bir ko'chat kelajakni ta'minlaydi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun ham bittadan ko'chat ekish haqidagi qaror ham aslida shunga bog‘liq. 

Bir kunda ishga tushadigan ikki aeroport

“Uzbekistan Airways” aviyakompaniyasining ma’lum qilishicha, 1-apreldan Qo‘qon va Mo‘ynoq aeroportlari parvozlarni qabul qila boshlaydi.

“Uzbekistan Airways”aviakompaniyasi tomonidan joriy yilning 1-aprelidan boshlab Qo‘qon — Toshkent, shuningdek, Mo‘ynoq — Nukus yo‘nalishlarida havo qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Parvozlar yengil L-410 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Sloveniyadan g‘alaba

Sloveniyada tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtimiz Nigina Abduraimova juftlik bahslarida sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Turnirning juftlik bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova hamda chexiyalik Jesika Malechkova dueti so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida AQSH vakilasi Anna Rojers va portugaliyalik Fransiska Xorxe tandemiga qarshi kortga chiqdi va uch setda, 4:6, 7:5, 8:10 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, Nigina va Jesika juftliklar o‘rtasida vitse-chempionga aylandi.

Turkman zamini media-forumi

 Ashxobod shahrida “Turkman zamini – qadimiy sivilizatsiyalar markazi” media-forumi bo‘lib o‘tdi.

U yerda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning yaqinda nashr etilgan “Anau – ming yilliklar qa’ridan madaniyat” kitobi xususida va BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasi 63-yalpi majlisida Turkmaniston tashabbusi bilan “2025-yil – Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb e’lon qilinganini faxr bilan e’tirof etdi.

Forum davomida mehmonlarga Turkmanistonning tarixi va betakror merosi haqida hikoya qiluvchi videorolik namoyish etildi. “Turkiy madaniyat birligining ommaviy axborot vositalaridagi o‘rni”, “Maxtumquli Firog‘iy – aql o‘chog‘i”, “Raqamli media va yangiliklar”, “Film, animatsiya va kinofestivallar” mavzularidagi sessiyalar qizg‘in muhakamaga boy kechdi.