$
 12662.01
21.8
 13593.93
34.78
 137.65
0.63
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 15-aprel voqealari

Qora 15-aprel

Jurnalist Baxshillo Rajabov vafot etdi

Bugun, 15 aprel kuni shoir, dramaturg va jurnalist Baxshillo Rajab vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi

Ma’lumot uchun, Baxshillo Rajab 1950 yilda tug‘ilgan. U Buxoro pedagogika institutining (hozirgi BuxDU) filologiya fakultetini tugatgan. Shoirning “Xayolimda yulduzlar”, “Rangin chaqmoqlar”, “Yurakka sig‘magan dunyo”, “Sog‘inch suratlari”, “Tong tarovati”, “Orzularning oydin osmoni”, “Gullayotgan O‘zbekiston bu” kitoblari nashr etilgan. Baxshillo Rajab 1993 yildan hozirgacha Buxoro tumani Kengashi va tuman hokimligi muassisligida chop etilayotgan "Galaosiyo ovozi" gazetasiga muharrirlik qilgan.

Ikki nafar OIV infeksiyali shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Paxtakor tumanida yashovchi 35 yoshli ayol oʻz uyida oʻzida OIV infeksiyasi borligini bila turib begona erkak bilan himoyalanmagan jinsiy yaqinlik qilgan vaqtda Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ushlangan va unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Yana bir holat Sharof Rashidov tumanida qayd etilib, 34 yoshli erkak oʻzida OIV borligini bilsada shifokorlar ogohlantirishiga qaramasdan, yashirincha 29 yoshli ayol bilan yashab kelgan va kasallikni jinsiy yoʻl bilan ushbu ayolga yuqtirgan.

Psixotrop dori vositalar savdosi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻuzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tadbirkor T.J.ning sport buyumlari sotishga mo‘ljallangan savdo do‘koni sotuvchisi B.N. jami 400 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini hamda 1 dona paketdagi kukunsimon moddani fuqaro A.A.ga 1,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Zarafshon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “F-F.” MCHJga dorixonasi sotuvchisi Z.M. fuqaro I.T.ga shifokor reseptisiz 50 ta kapsuladagi “Reduksin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Amerikaga “qo‘li yetgan” fuqaro

Jizzaxning Gʻallaorol tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan M.X. va A.A. fuqaro Y.Q.ning ishonchiga kirib, go‘yoki uni 18 000 AQSH dollari evaziga Yevropa davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini aytib, 2 000 AQSH dollari va 200 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Turkiya O‘zbekistonga aviareyslarni bekor qildi

Turkiyaning Turkish Airlines va Pegasus aviakompaniyalari Eronning Isroilga hujumi ortidan Eron, O‘zbekiston va Iordaniyaga bir necha reyslarini bekor qildi. Qayd etilishicha, beshta reys – Ammanga ikkita, Samarqand va Buxoroga ikkita va Tehronga bitta tungi reys qoldirilgan. Ma’lum qilinishicha, oxirgi reysning bekor qilinishi Eron poytaxti xalqaro aeroporti fuqarolik samolyotlarini vaqtincha qabul qilmayotgani bilan bog‘liq.

Теги :
Жамият