$
 12662.01
21.8
 13593.93
34.78
 137.65
0.63
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 14-aprel voqealari

4 14

Sobiq bosh vazir o'rinbisari vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir va dramaturg Erkin Samandar 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi

Shuningdek, uyushma jamoasi va ko‘p sonli aʼzolari uyushma aʼzosi Erkin Samandarning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Erkin Samandar milliy adabiyot va jurnalistikani rivojlantirishdagi samarali hissasi uchun “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist” (1990) faxriy unvoni va “Doʻstlik” (2015) ordeniga sazovor boʻlgan.

Kartadan 4 mln. 570 ming “shilgan” bola qo‘lga tushdi

Andijon viloyatida Telegram orqali fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan 22 yoshli yigit ushlandi. Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi 26 yoshli ayol A.S. IIBga murojaat qilib, Telegram messenjerida noma’lum shaxs tomonidan bank kartasidagi 4 mln 570 ming so‘m pullari firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon shahrida yashovchi 22 yoshli J.R. sodir etgani aniqlangan.

Urgutda to‘xtatilgan “Cobalt”dan giyohvandlik moddasi chiqdi

Joriy yilning 13-aprel kuni soat 17:50lar atrofida Samarqand viloyati, Urgut tumani Navoiy shohko‘chasida xizmat olib borayotgan YHXB xodimlari tomonidan “Cobalt” avtomobili to‘xtatilib tekshirilganda haydovchi muloqot jarayonida o‘zining xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg‘otgan. Xolis va guvohlar ishtirokida transport vositasining salon qismi ko‘zdan kechirilganda sariq rangli syellofanga solingan, o‘tkir hidli, yopishqoqsimon, ko‘rinishidan giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda topilgan.

Aniqlangan holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, topilgan modda hamda haydovchi tuman IIB xodimlariga topshirilgan. Hozirda tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Deputat Nuriddin Zaynitdinov qo'lga olindi 

O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati, Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha komissiyasi aʼzosi Nuriddin Zaynitdinov kecha, 13-aprel kuni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qoʻlga olindi. Bu haqda Rasul Kusherbayev o'zining telegram kanalida post joylab, ma'lum muddatdan keyin o'chirib yuborgan. 

Deputatning nima sababdan qoʻlga olingani va ushlab turilgani nomaʼlum.