$
 12662.01
21.8
 13593.93
34.78
 137.65
0.63
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyadagi oʻzbeklar bilan tojiklar mushtlashuvi: Sabablar va oqibat

gastarbeiter gastarbayter

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani, unda O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etgani haqida video tarqaldi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qurilish materiallarining notoʻgʻri taqsimoti

Qayd etilishicha, Moskva shahri Tagilsk ko‘chasida joylashgan qurilish maydonida qurilish materiallari noto‘g‘ri taqsimoti sababli mushtlashuv yuz bergan, unda O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ishtirok etgan. Ularning barchasi «Everest» korxonasi ishchilari bo‘lgan.

10 nafari Oʻzbekiston va 13 nafari Tojikistonlik fuqarolari

Ichki ishlar bo‘limiga olib ketilganlardan 10 nafari O‘zbekiston va 13 nafari Tojikiston fuqarolari hisoblanadi, deyiladi xabarda.

Jarohat olganlar yoʻq

Ushbu hodisa natijasida hech kim og‘ir jarohat olmagan va tibbiy yordamga murojaat qilmagan. Qo‘lga olinganlarga bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy jarimalar tayinlangan.

Agentlik murojaati

“Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qilishi hamda boshqa davlat fuqarolari bilan o‘zaro hurmatda bo‘lishi so‘raladi”, — deyiladi xabarda.