$
 12662.01
21.8
 13593.93
34.78
 137.65
0.63
weather
+26
Кечаси   +14°

Reja 37,9 trillion so‘mlik qurilish materiallari – Qurilish vazirligi

Qurilish materiallari

AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, "Oʻzsanoatqurilishmaterillari" uyushmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida qurilish materiallari ishlab chiqarish va qoʻllashda sifat va nazorat masalalari haqida maʼlumot berildi.

37,9 trln. so‘mlik qurulish materiallari

Unga ko‘ra, 2024-yilda qurilish materiallari sohasida jami 37,9 trln soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarish kutilmoqda. Bunda o’sish 111,0 foizga yetishi tahmin qilingan. Brifingda ta’kidlanishicha, bu yil 1,1 mlrd. dollarlik qurilish materiallari eksport qilinadi.

540 ta loyiha qanchaga tushmoqda?

Shuningdek, 2024-yilda umumiy qiymati 2,2 mlrd. dollarlik boʻlgan jami 540 ta loyiha amalga oshiriladi. Ma’lumotda aytilishicha, 2024-yil I choragida 152,9 mln. dollarlik eksport amalga oshirilgan. Xususan, 17,5 mln. dollar PVX profillar va trubalar, 8,2 mln. dollar alyumin profillar, 12,2 mln. dollar keramik plitka va keramika mahsulotlari, 9,6 mln. dollar quruq qurilish aralashmalari va sementdan bogʻlovchi materiallar, 16,3 mln. dollar oboy kabi qurilish materiallari eksport qilingan.

Eksport geogerafiyasi

Shu bilan birga, sshbu davrda qurilish materiallari eksporti geografiyasi anʼanaviy hisoblangan bozorlar yaʼni Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikistondan tashqari Ozarbayjon, Turkiya, Kanada, Ruminiya davlatlari hisobiga kengaytirilgan.

Bundan tashqari "Oʻzsanoatqurilishmaterillari" uyushmasi tasarrufidagi 50 ta qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarida Sifat menejment tizimi (ISO 9001) joriy etilgani aytildi.

Теги :
Жамият