$
 12114.97
40.69
 14260.53
41.86
 162.07
1.21
weather
+26
Вечером   +14°

Dunyoning eng “barakali” davlati ma’lum bo‘ldi: AQSh kuchli beshlikda

Bugungi kunda ko‘pchilik odamlar ko‘p pul topish uchun AQSh yoki Shveysariya tomon intiladi. Biroq bu davlatlarda maosh yuqori bo‘lgani bilan uy-joy, oziq-ovqat va kundalik xarajatlar qimmatligi sabab odamning qo‘lida ko‘p pul qolmaydi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti esa eng ko‘p qaysi davlati aholisi maoshini barcha narsalarga yetkaza olishini aniqladi.

Xo‘sh, qaysi davlatda odamlar maoshiga ko‘proq narsa sotib ololadi?

Lyuksemburg dunyoda birinchi bo‘ldi

Xalqaro Mehnat Tashkiloti o‘tkazgan tadqiqotda nafaqat oddiy maosh, balki o‘sha davlatdagi narxlar, yashash xarajatlari va xizmatlar qiymati ham hisobga olingan. Natijaga ko‘ra, Lyuksemburg birinchi o‘rinni egalladi. Bu davlatda o‘rtacha oylik xarid qobiliyati bo‘yicha 9 307 dollarni tashkil qilgan. Bu esa oddiy amerikalikdan qariyb 50 foiz ko‘proq xarid qilish imkonini beradi.

Ikkinchi o‘rinda Belgiya joylashdi. Bu yerda o‘rtacha maoshning xarid qobiliyati 8 297 dollar bo‘lgan. Uchinchi o‘rinni esa 7 234 dollar bilan Niderlandiya egalladi.

Keyingi o‘rinlarda:

Avstriya — 6 832 dollar

AQSh — 6 273 dollar

Finlyandiya — 6 253 dollar

Norvegiya — 5 760 dollar

Daniya — 5 512 dollar

Irlandiya — 5 441 dollar

Italiya — 5 326 dollar

Sloveniya — 5 291 dollar

Ispaniya — 5 166 dollar

Kanada — 4 747 dollar

Shveysariya — 4 683 dollar

Kipr — 4 566 dollar

Ushbu hisob-kitoblar 2024-yil ma’lumotlari asosida tuzilgan bo‘lib, faqat AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada bo‘yicha ma’lumotlar 2025-yilga tegishli.

AQSh kuchli beshlikda

AQSh ro‘yxatda beshinchi o‘rinni oldi. Mamlakatdagi o‘rtacha maosh xarid qobiliyati bo‘yicha Finlyandiya va Norvegiyadan ham yuqori chiqdi.

Lekin eng qiziq natijalardan biri Shveysariya bilan bog‘liq bo‘ldi. Odatda bu davlat dunyodagi eng katta maosh to‘lanadigan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Ammo yashash xarajatlari juda qimmat bo‘lgani sabab Shveysariya xarid qobiliyati bo‘yicha Kanada va Ispaniyadan ham ortda qolgan.

Mutaxassislarning aytishicha, Shveysariyada uy-joy, xizmatlar va kundalik xarajatlar nihoyatda qimmat. Shu sabab katta maoshning katta qismi xarajatlarga ketib qoladi. Kanada esa nisbatan o‘rtacha maosh va o‘rtacha xarajatlar bilan deyarli Shveysariya bilan bir xil natija ko‘rsatgan.

Davlatlar orasidagi farq hali ham juda katta

Tadqiqot hatto rivojlangan davlatlar orasida ham yashash darajasi bir xil emasligini ko‘rsatdi. Ro‘yxatning yuqori qismidagi davlatlarda ishlaydigan odamlar quyi qismdagi davlatlarga qaraganda deyarli uch baravar ko‘proq xarid qila oladi.

Masalan, Gretsiyada xarid qobiliyati bo‘yicha o‘rtacha maosh 3 546 dollarni tashkil qilgan. Fransiya esa 3 064 dollar bilan ro‘yxatning pastki qismida qolgan.

Mutaxassislar bunga davlatlarning iqtisodiy tuzilishi, sanoati va ishlab chiqarish darajasi sabab bo‘layotganini aytmoqda. Chunki bir xil maosh oladigan ikki odam turli davlatlarda mutlaqo boshqacha hayot kechirishi mumkin. Ba’zi joylarda maosh kamroq bo‘lsa ham yashash arzonroq, boshqa joylarda esa katta maoshning katta qismi xarajatlarga ketadi.