$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

1 soniyada 170 mingta so‘rov, 15 minutda 4 400 ta shartnoma

la

Kuni kecha UzAuto Motors 8-may kuni soat 10:00 da 4 500 dona Chevrolet Lacetti avtomobiliga shartnoma ochilishini eʼlon qilgan edi. Unga ko‘ra, 8-may kuni sotuvga chiqadigan barcha avtomobillarni shu zahoti olib ketish imkoniyati bilan shartnoma tuzish mumkin bo‘lgan. Shuningdek, Damas va Labo avtomobillari uchun ham onlayn shartnoma ochilgan edi.

15 minutda 4 400 ta shartnoma

Onlayn kontraktatsiya ochilishi bilan UzAuto 15 daqiqa ichida 4 400 dona Chevrolet Lacetti avtomobili uchun shartnoma tuzishga ulgurdi. Oradan hech qancha o‘tmay, kompaniya o‘z rejasini to‘liq amalga ochirdi, ya’ni sahrtnomalar soni 4 500 taga yetdi. 

99,9 foizi jismoniy shaxslar

Unga ko‘ra, tuzilgan shartnomalarning 99,9 foizi One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va 1 ta dan ko‘p bo‘lmagan avtomobil uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi.

1 soniyada 170 mingta so‘rov

Chevrolet Lacetti avtomobili uchun onlayn kontraktatsiya jarayonida UzAutoSavdo platformasida 1 sekund ichida 170 mingdan ortiq murojaat bilan ulkan ulanishlar soni qayt etildi. Taqqoslash uchun, Internet Live Stats ma’lumotlariga ko‘ra, Google qidiruv tizimi bir soniyada 99 000 ga yaqin qidiruvlarni amalga oshiradi.

Ushbu vaqt ichida UzAutoSavdo tizimi 120 dan ortiq kiberhujumga uchradi, ammo ko‘rilgan choralar tufayli barcha kiberhujumlar oldi olindi.

Теги :
Иқтисодиёт
Авто