$
 12013.40
-36.04
 13831.03
-193.31
 163.87
-0.05
weather
+26
Кечаси   +14°
ebola

O‘lim darajasi 50 foizgacha yetdi: JSST xavotirli raqamlarni e’lon qildi

Afrikadagi Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi bilan bog‘liq vaziyat tobora jiddiylashmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi epidemiya oqibatida kasallanganlarning 30-50 foizi hayotdan ko‘z yumishi mumkin. Tashkilot rahbari Tedros Adanom Gebreyesus vaziyatni joyida o‘rganish uchun Kongoga bordi va qurolli guruhlarni o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Xo‘sh, Ebola bilan bog‘liq vaziyat qanchalik xavfli?
Батафсил →
manipulyatsiya

Bizni qanday “lox qilishadi?” Axborot urushidagi ko‘rinmas manipulyatsiyalar

Axborot — bu shunchaki ma’lumot uzatish emas, balki jamoatchilik ongiga ta’sir o‘tkazish va ommani ma’lum bir maqsad sari safarbar qilish (mobilizatsiya) vositasidir. Bugungi kunda o‘quvchini chalg‘itish uchun ochiqdan-ochiq yolg‘on gapirish shart emas. Mediasavodxonlik fani nuqtai nazaridan, haqiqiy xavf faktlarning yolg‘onligida emas, balki ularning qanday “qadoqlanishida” yashiringan. Xo‘sh, media maydonida ongimiz qanday qilib nishonga olinadi va bu manipulyatsiyalar ortida qanday manfaatlar to‘qnashuvi yotibdi?
Батафсил →
ijtimoiy tarmoq

Ijtimoiy tarmoqlar bizning bir qarashlik e’tiborimizni qanchaga pullamoqda?

Har tong ko‘zimizni ochiboq qo‘limizga telefonni olamiz. Ekranni yoqamiz, ijtimoiy tarmoq ilovasini ochib, tasmani shunchaki yuqoriga aylantira boshlaymiz. Bu harakat biz uchun shunchaki bepul ko‘ngilochar mashg‘ulot, zerikishni o‘ldirishning oson yo‘li bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Ammo biz sezmaydigan, raqamli iqtisodiyotda mutlaqo boshqa manzara sodir bo‘ladi. Biz tarmoqda o‘tkazayotgan har bir soniya, ekran uzra tashlagan har bir nigohimiz aslida yirik korporatsiyalar tomonidan tiyin-tiyinlab hisoblab borilayotgan aniq xomashyodir.
Батафсил →