$
 12035.22
21.82
 13915.12
84.09
 167.95
4.08
weather
+26
Кечаси   +14°
Khusanov with England cup

Husanov Angliyada ketma-ket ikkinchi yirik sovrin egasiga aylandi

Londondagi muhtasham “Uembli” stadioni yana bir bor ingliz futbolining eng nufuzli to‘qnashuvlaridan biriga mezbonlik qildi. Angliya Kubogining hal qiluvchi final bahsida “Manchester Siti” hamda Londonning “Chelsi” klublari o‘zaro ro‘baro‘ kelishdi. Keskin va murosasiz kechgan ushbu qarama-qarshilikda “shaharliklar” minimal — 1:0 hisobidagi g‘alabani tantana qilib, joriy mavsumdagi o‘zlarining ikkinchi yirik sovrinini muzeylariga olib ketadigan bo‘lishdi.
Батафсил →
hanta

Kruizdagi virus dunyoni oyoqqa turg‘izdi: 28 davlat fuqarolari shoshilinch kuzatuvga olindi

MV Hondius kruiz kemasida hantavirus aniqlangach, kemadagi yo‘lovchilar turli davlatlarga evakuatsiya qilindi. Hozirgacha uch kishi vafot etgan bo‘lib, ulardan ikki nafarida virus tasdiqlangan. Ayrim yo‘lovchilarda esa alomatlar keyinroq paydo bo‘la boshlagan. Shunga qaramay, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu holat yangi pandemiya emasligini aytmoqda.
Батафсил →
Import

O‘zbekistonga chetdan asosan qanday mahsulot kiryapti?

2026-yilning birinchi choragi O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida import dinamikasining sezilarli o‘sishi bilan yodda qoladigan bo‘ldi. Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, joriy yilning yanvar-mart oylarida mamlakatga olib kirilgan jami mahsulot va xizmatlar qiymati 12,2 milliard dollarni tashkil etdi.
Батафсил →