$
 12727.96
17.01
 13781.84
62.91
 139.46
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Maktab yerini sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

qamoq

Yer davlat mulkidir. Uni shaxsiylashtirishning esa o‘z tartib va qoidalari mavjud, hechbir rahbar yoki oddiy fuqaro yer olib berish yoki uni sotish vakolatiga ega emas. Bunda faqatgina firibgarlar aldov yo‘li bilan ish ko‘radilar.

Yer sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

Jizzax viloyatida ham, IIB xodimlari hamda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbirda G‘allaorollik ikki nafar fuqaro jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Direktor o‘rinbosari va musiqa o‘qituvchisining kirdikorlari

Ma’lum bo‘lishicha, 1974-yilda tug‘ilgan, tumandagi o‘rta ta’lim maktablaridan birining direktor o‘rinbosari va 24 yoshli tuman bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi yerfurushlik qilishni hamda shundan mo‘maygina daromad ko‘rishni maqdsad qiladilar.

Jizzax shahrining Zargarlik mahallasida yashovchi xaridorga, tumanning Qangli hududidan tuman hokimining 2002-yilda dehqon xo‘jaligi tashkil etishga oid qarori bilan ajratilgan 25 sotix va unga tutash bo‘lgan, jami, 3,5 gektar yerni 29 000 dollarga sotishadi.

200 million so‘mlik savdo

Ular kadastr hujjatlarini bo‘lsa, keyinroq tanishlari orqali "to‘g‘irlab" berishini va’da qilishib, kelishilgan pulning oldindan 200 million so‘mini olgan vaqtida qo‘lga tushishdi.

Ularga nisbatan hozirda tegishli qonun yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, endilikda qing‘ir yo‘l bilan yer sotishni maqsad qilganlar qonun oldida javob berishlariga to‘g‘ri keladi.

Bunday reyd tadbirlari esa hamon davom etmoqda va qonunbuzarlar qo‘lga olini, tegishli tartibda jazo choralari ko‘rilmoqda.