$
 12699.85
-18.23
 13694.25
-15.84
 139.02
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi “Soliq” ilovasidan qaytimlarni ololmaysiz

cashback

2022-yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasining “Soliq” ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar uchun 1% miqdorida qaytim (cashback) berilishi joriy qilingan edi.

1 foizlik keshbek qaytarish bekor qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2024-yil 1-iyuldan boshlab chakana savdo, xizmat ko‘rsatish hamda umumiy ovqatlanish sohalarida jismoniy shaxslar tomonidan to‘lovlar mobil ilovalar (naqdsiz) va plastik karta orqali amalga oshirilganda 1% miqdorida keshbek qaytarilishi hamda to‘lovlar naqd pulda amalga oshirilganda keshbek qaytarilishi tartibi hukumat tomonidan bekor qilishni rejalashtirilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan.

Amaldagi tartib qanday edi?

Amaldagi tartibga ko‘ra, onlayn to‘lovlarning 1%i hamda naqd pullik xarid cheklarining 1 % miqdorida qaytimlar har oyning 25-sanasida fuqarolarga to‘lab kelingan. Shuningdek, 2024-yil 10-yanvaridagi PQ–13-sonli prezident qarori bilan:

  • 2024-yil 1-yanvardan xarid summasidan 1% keshbek olishda oylik xarid summasiga chegaraviy miqdor oʻrnatildi (BHMning 60 baravari); 
  • Korporativ kartalar orqali sotib olinadigan tovarlar uchun keshbek berish bekor qilindi;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarga yana 4 ta mahsulot (un, shakar, dori vositalari hamda tibbiy xizmatlar) xaridi uchun QQS qaytariladi;
  • QQS "Ijtimoiy himoya reestri"dagi fuqarolarga oyiga 3,4 mln soʻm (BHMning 10 baravari) miqdoridagi xaridlar doirasida qaytariladi;
  • Xarid chekida bank kartasi turini (korporativ yoki shaxsiy) ko‘rsatish shartligi belgilandi.

Bir oyda 115 mlrd. to‘lab berilgan

Davlat soliq qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ilova orqali bir oyda 115 mlrd. so‘mdan ortiq qaytim to‘langan. Bu e’lon qilingan raqamlar ichida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Теги :
Жамият
Иқтисодиёт