$
 12774.34
-10.63
 13848.66
17.88
 132.17
0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Otasi tomonidan jinsiy va jismoniy zo‘ravonlikka uchragan qizlarga yordam berildi

violence

Bolalar ombudsmani kotibiyatiga ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘smir qiz o‘z otasi tomonidan turli shakldagi zo‘ravonlikka uchraganligi haqida xabar kelib tushgan edi. Holat ombudsman tomonidan o‘rganib chiqildi.

Sha’ni toptalgan opa-singillar murojaati

Qizning murojaatiga ko‘ra, 2008-yilda tug‘ilgan M.Sh. (qiz bola) va 2010-yilda tug‘ilgan N.Sh. (qiz bola)larning onasi 2018-yilda vafot etgan.

Qiz onasining o‘limidan so‘ng, otasi N.R. unga nisbatan turli uyatsiz-buzuq harakatlar, shilqimliklar qilib, bir necha yil davomida muttasil kaltaklab ham kelganligi, turli haqoratlar bilan uning sha’ni, qadr-qimmatini poymol qilganligini bildirgan.

Otasi qizlarning o‘qishiga yo‘l qo‘ymagan

Ishchi guruh tomonidan qizlarning kelgusida qaysi qarindoshlari bilan yashashni istashi bo‘yicha fikrlari o‘rganildi. Jumladan, M.Sh. va N.Sh. bilan suhbat jarayonida ular otasi R.N. bilan yashashni mutlaqo istamasligini bildirdilar. Qizlarning gapiga ko‘ra, otasi R.N. ularni maktabga yuborishni istamay, ta’limga to‘sqinlik qilishi, zaruratsiz og‘ir mehnatga (ro‘zg‘orda kir yuvish mashinasi bo‘lsa-da, barcha kirlarni faqat qo‘lda yuvishga majburlashi) majburlagan . 

Buvisi tahdid qilgan

Shu bilan birga, buvisi L.N. ham qizlarga turli tazyiq o‘tkazgan bo‘lib, agar aytganini qilmasa, otasiga urdirtirish bilan tahdid qilib kelgan.

Bir necha bor uydan chiqib ketishgan

M.Sh. va N.Sh. bir necha marotaba uydan chiqib ketganligi sababli buvisi N.L. nevaralari bedarak yo‘qolgani haqida bergan arizasiga ko‘ra hamda voyaga yetmagan M.Sh. va N.Sh.larning otasi N.R.ning harakatlariga huquqiy baho berish uchun mazkur holat yuzasidan olib bormoqda.

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida

Joriy yilning 25-mart kunidan boshlab, M.Sh. va N.Sh.lar ijtimoiy-huquqiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lganligi sababli Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanib kelgan. Hozirda qizlarning markazda saqlanish muddati tegishlicha uzaytirilgan.

Qizlar xolasi bilan yashashni tanlashdi

M.Sh. va N.Sh.lar vafot etgan onasining opa-singillari bo‘lgan 2 nafar xolasi ularni yaxshi ko‘rishini aytib, kelgusida ana shu xolalaridan biri bilan yashashga istak bildirganlar.

Bugungi kunda ishchi guruh tomonidan qizlarning qarindoshlaridan qay biri ular uchun yashash va ta’lim olish sharoitini ta’minlay olishi har tomonlama o‘rganilmoqda.