$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi panjara ortidagilardan ham "soqqa" qilinadi(mi?)

Panjara

Yangi loyiha taklifida jazoni o‘tayotgan mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati nazorati ostida o‘tkazilishi hamda ularning haqi mahkumning shaxsiy hisobvarag‘idan to‘lanishi belgilangan.

Vazirlar mahkamasi qarori

O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining qaroriga ko‘ra, “INM INTERNATIONAL” MCHJni xususiy sherik sifatida Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi barcha jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga masofali video-uchrashuv orqali onlayn uchrashuv imkoniyati yaratilishini ta’minlash maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan holda jalb qilish taklif etilmoqda.

Loyiha allaqachon sinovda 

Qarorda qayd etilishicha, 2023-yil 1-dekabrdan 2024-yil 1-fevralga qadar eksperiment tariqasida Birinchi mintaqaviy hudud 7-son jazoni ijro etish koloniyasida “INM INTERNATIONAL” MCHJ tomonidan “Prisonline” himoyalangan video aloqani ta’minlovchi zamonaviy axborot texnologiyalari o‘rnatish orqali jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga masofali video-uchrashuv orqali yaqin qarindoshlari bilan onlayn uchrashuv imkoniyati yaratilgan.

Aloqa haqi mahkumning shaxsiy hisobvarag‘idan to‘lanadi 

Ma’lum bo‘lishicha “INM INTERNATIONAL” MCHJ 10 mln.so‘mlik ustav kapitaliga ega va asosiy faoliyat turi sifatida ustki kiyim bosh ishlab chiqarish ko‘rsatilgan. Loyihaga ko‘ra, jazoni o‘tayotgan mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati nazorati ostida o‘tkazilishi hamda ularning haqi mahkumning shaxsiy hisobvarag‘idan to‘lanishi belgilangan. Tanlovsiz tanlangan xususiy sherik tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarning, kalkulyatsiyasi miqdori va ularning taqsimlanishi ochiqlanmagan.