$
 12694.87
-25.13
 13766.32
-61.59
 139.48
-0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Buyuk Britaniya TIV o‘z fuqarolarini O‘zbekistonning janubiy chegara mintaqasiga bormaslikka chaqirdi

Britain

Odatda tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolari hayotiga ehtimoliy xatar tug‘ilgan vaziyatlarda shunday yo‘riqnoma bilan chiqadi.

Tashrif buyurish tavsiya etilmagan hududlar 

Ingliz tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, ayni paytda qirollik fuqarolari O‘zbekiston — Afg‘oniston chegarasidan 5 kilometr masofadagi hududga (Termiz shahri va shimolga tutashuvchi yo‘l mustasno) bormay turgani ma’qul. Ingliz tashqi siyosat mahkamasi saytida chop etilgan O‘zbekiston xaritasida hozircha tashrif buyurish tavsiya etilmagan hududlar alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

Ehtimoliy xatardan ogohlantirish

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ogohlantirish bo‘lganiga qaramay, rasmiy London chegara hududlar borasida berilgan tavsiya sababiga oydinlik kiritmagan. Biroq odatda tashqi siyosat idorasi o‘z fuqarolari hayotiga ehtimoliy xatar tug‘ilgan vaziyatlarda shunday yo‘riqnoma bilan chiqadi. Tavsiyanoma berishda siyosiy barqarorlik holati, jinoyatchilik darajasi, tabiiy ofatlar kabi omillar ham inobatga olinadi.

Теги :
Жамият