$
 12694.87
-25.13
 13766.32
-61.59
 139.48
-0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekiston TIV Qozog‘istonga borishni rejalashtirayotganlarni ogohlantirdi

uz-kz

Qozogʻistonga bormoqmoqchi boʻlganlar zarur hujjatlarni oʻzlari bilan olib yurish tavsiya qilindi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi ogohlantiradi

Oʻzbekiston TIV bayonotida Qozog‘iston Respublikasiga kirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonga kirish va chiqishda fuqarolarga barcha zarur hujjatlarni o‘zlari bilan olib yurishlarini aytdi.

Tekshiruv oʻtkaziladi

“O‘zbekiston-Qozog‘iston yoki Rossiya-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda nafaqat Qozog‘istonga, balki Rossiya Federatsiyasiga ham kirishda hech qanday to‘siqlar yo‘qligiga oldindan ishonch hosil qilish lozim, chunki Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi ma’muriy va jinoiy ishlar bo‘yicha qarorlarni o‘zaro tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi kelishuvlarga muvofiq Qozog‘istonning vakolatli organlari Rossiya Federatsiyasining migratsiya va boshqa qonun hujjatlarining buzilishi yoki to‘lanmagan jarimalar mavjudligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi”, deyiladi xabarda.

Rossiyada qoidabuzarlik qilgan boʻlsa Qozogʻistonga kiritilmaydi

Bildirilishicha, agar Rossiya Federatsiyasida bo‘lish davrida qayd etilgan qoidabuzarlik yoki to‘lanmagan jarima aniqlansa, Qozog‘iston tomoni O‘zbekiston fuqarosining Qozog‘istonga kirishi yoki chiqishini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

Veb saytdan Rossiyaga kirishda taʼqiq bor yoki yoʻqligini bilish mumkin

 Qozog‘istonga kirish va chiqish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmasligi uchun O‘zbekiston fuqarolariga Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasining rasmiy veb-sayti “Xizmatlar” bo‘limida maxsus onlayn shaklni to‘ldirish orqali Rossiyaga kirish uchun ta’qiq mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish tavsiya etildi.

Теги :
Жамият