$
 12694.87
-25.13
 13766.32
-61.59
 139.48
-0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Eng ko‘p millionerlar qaysi shaharlarda yashaydi?

manhattan

Henley & Partners kompaniyasi New World Wealth tahliliy kompaniyasi bilan birgalikda “Dunyodagi eng boy shaharlar—2024” hisobotini taqdim etdi. Unda shaharlarda yashovchi millionerlar, sentimillioner va milliarderlar soni inobatga olingan.

Top uchlik

Unga ko‘ra, Nyu York eng boy shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egallagan. Shaharda 349 500 nafar millioner, 744 nafar sentimillioner va 60 milliarder istiqomat qiladi. Ikkinchi o‘rinni San-Fransisko (305 700 millioner) olgan. Kuchli uchlikni 10 yil avval ro‘yxatda birinchi bo‘lgan Tokio (298 300 millioner) yakunlagan. O‘n yil ichida Tokioda badavlat kishilar soni 5 foizga qisqardi.

Sabab moliyaviy bozorlardagi ko‘rsatkichlar

Henley & Partners bosh direktori Yorg Shteffenning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda moliyaviy bozorlardagi ko‘rsatkichlar shaharlarda farovonlik o‘sishining asosiy omili bo‘ldi.

“S&P 500 indeksining 24 foizga o‘sishi, Nasdaq indeksining 43 foizga o‘sishi, shuningdek, Bitcoin qiymatining 155 foizga oshishi kapital oshishiga yordam berdi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt, robototexnika va blokcheyn sohasidagi tezkor yutuqlar boylik orttirish va to‘plashni kengaytirdi. Shunga qaramay, yangi imkoniyatlarning paydo bo‘lishi eski risklarni bekor qilmadi – so‘nggi bir yil ichida Moskvada millionerlar soni 24 foizga kamaydi”, — deydi Yorg Shteffen.

Reytingni “qo‘lga olgan” davlatlar

Reytingga kiritilgan top 50 ta shaharlarning 11 tasi AQShga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bilan birga Xitoy ham o‘zining 5 ta shahrini reytingga kiritib qo‘ydi.

Shuningdek, reytingga Osiyo mamlakatlaridan Xitoy, Yaponiya, Singapur, BAA, Hindiston, Tayvan, Janubiy Koreyaning rivojlangan shaharlari kiritilgan.

Singapur masalasi

Singapur shahrida so‘nggi o‘n yil ichida ilk bor badavlat insonlar soni 64 foizga o‘sdi, natijada shahar 4-o‘ringa ko‘tarildi. Birgina 2023-yilda Singapurga 3400 nafar badavlat kishi ko‘chib o‘tgan: shaharda hozir 244,8 ming millioner, 336 sentimillioner va 30 milliarder istiqomat qiladi.

Xitoy millionerlari

Xitoy shaharlari reytingda asosiy o‘rinni egallaydi, Pekin (125 600 millioner) so‘nggi o‘n yil ichida millionerlar sonining 90 foizga o‘sishi natijasida birinchi marta Top 10 talikka kirdi. Keyingi o‘rinlarni Shanxay (123 400), Shenchjen (50 300), Guanchjou (24 500) va Xanchjou (31 600) egallagan.

Shenchjen boyish bo‘yicha dunyodagi eng tez o‘sayotgan shahar bo‘lib, so‘nggi o‘n yil ichida millionerlar soni 140 foizga oshgan. Bu vaqt mobaynida Xanchjouda millionerlar soni 125 foizga, Guanchjouda 110 foizga ko‘tarilgan.

Теги :
Жамият
Иқтисодиёт