$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaysi kasb egalari eng ko‘p oylik oladi?

Oylik

O‘zbekistonda yilning dastlabki 3 oyi bo‘yicha oylik maoshlar statistikasi e’lon qilindi.

O‘rtacha oylik qancha?

2024-yil yanvar–mart oylarida o‘rtacha oylik maoshi 4,9 million so‘mni tashkil qilmoqda. Bu 2023-yilning ayni vaqtiga nisbatan ko‘proq, bu raqamlar o‘tgan yili 4,1 mln. so‘mni tashkil qilgan. Bu raqamlar 3 million 91 ming 950 nafar xodimning ma’lumotlariga qarab shakllantirilgan. Ammo bunga qishloq xo‘jaligida ishlaydiganlar va kichik tadbirkorlik subyektlari hisobga olinmagan. Ehtimol bu sohalar ham qo‘shilganida, bu raqamlar kichikroq bo‘lishi mumkin edi.

Eng yuqori maosh - bankda

Oyliklar eng yuqori bo‘lgan sohalar - bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik sohalarida qayd etilgan — 13,2 million. Ularning ichida eng yuqorisi esa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish va sug‘urtalash sohasida bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi o‘rtacha oylik ish haqi 17,4 million so‘mga teng. Undan tashqari, axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oyliklar 11,7 mln so‘m, tashish va saqlash sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 7,3 million so‘m, sanoatda 6,1 million so‘mni tashkil etib, yuqori o‘rinlarda turadi.

Boshqa sohalardagi oyliklar

Ta’lim bo‘yicha eng yuqori maosh Toshkent shahrida - 5,5 million so‘m, Namangan va Navoiy viloyatlarida - 3,4 million so‘m qayd etilgan. Sog‘liqni saqlash bo‘yicha ham Toshkentda eng ko‘p - 4 million so‘m, ushbu sohada, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi (3,6 mln) va Xorazm viloyatida (3,5 mln) ham maoshlar nisbatan yuqori.

Eng yuqori maosh Toshkentda 

Hududlar kesimida hisoblaydigan bo‘lsak, eng ko‘p oylik Toshkent shahrida - 8 million 116 ming so‘m. Shuningdek, maoshlar, ushbu hududlarda ham nisbatan yuqoriroq - Navoiy - 6,5 mln so‘m; Toshkent viloyati - 4,7 mln so‘m; Andijon - 4,4 mln so‘m. Eng kam maosh esa Surxondaryo viloyatida - 3,5 million so‘m. 

Oylik o‘sgan hududlar

Yilning dastlabki choragida eng katta o‘sish Andijonda kuzatilgan - 25,2 foiz. Undan tashqari Toshkent shahri(22,3), Farg‘ona (21,5), Navoiy (18,8) va Jizzaxda (18,2) ham yuqori.

Теги :
Жамият