$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Pullik avtomobil yo‘llari quriladi

roads

O‘zbekistonda ham pul to‘lab harakatlanadigan avtomobil yo‘llarini qurish rejasi muhokama qilinmoqda. Bu yo‘llar tashqi hamkorlar yordami bilan quriladi.

Kompaniya vakillari bilan uchrashuv boʻldi

1-may kuni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Yaponiyaning “Sojitz” kompaniyasi Yevropa filiali bosh menejeri Machida Yasuhide hamda Turkiyaning “Rönesans” kompaniyasi boshqaruv raisi Djem Ozoguz bilan uchrashdi. Uchrashuvda transport sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik masalalari muhokama etildi.

DXSh asosida quriladi

Kompaniya vakillari O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘llarini qurish va ularni rivojlantirishga katta qiziqish bildirmoqda. Ushbu kompaniya vakillariga mamlakatimizda transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida DXSh asosida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Avvalroq loyiha ishlab chiqarilgan edi

Pullik avtomobil yo‘llarini qurish loyihasi avvalroq, 2023-yilning oxirida ishlab chiqilgan edi. Ushbu yo‘l Toshkent - Samarqand oralig‘ida bo‘lishi rejalashtirilgan. Ushbu yo‘lni moliyalashtirish uchun YTTB tomonidan 350 ming dollar miqdorda mablag‘ ajratilgan.

Теги :
Жамият