$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

8 yoshli qizchani poyezd urib yubordi

railway yuk poyezdi

Poyezd yo‘li yaqinida joylashgan uylarda istiqomat qiluvchilar yosh bolalarga e’tiborli bo‘lishlari lozim. Bu safargi e’tiborsizlik oqibati esa ayanchli yakun topdi.

Ehtiyotsizlik oqibati

2024-yilning 28-aprel kuni soat, taxminan, 16:30 lar atrofida Andijon tumanining Do‘ngqishloq mahallasidan o‘tuvchi Xonobod — Andijon yo‘nalishidagi yo‘lovchi tashish poyezdi harakatlanayotgan vaqtida nazoratsiz qoldirilgan, 2016 - yilda tug‘ilgan qizchani urib yuboradi.

Qizaloqni xodim tez tibbiy yordam uchun eltgan

Yo‘lovchi poyezdida xizmat olib borayotgan xodim navbatchilik qismiga yo‘lovchi poyezd bir qizaloqni urib yuborganligi hamda hodisa manzili haqida xabar bergan.

Tezkor tergov guruhi manzilga yetib kelganida o‘sha xabar bergan xodim qizchani tez tibbiy yordam uchun olib ketgan bo‘lgan.

Qizaloqning ahvoli

Shifokorning so‘zlariga qaraganda, qizcha olib kelingan paytida juda ham og‘ir ahvolda bo‘lgan. Unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va shoshilinch operatsiya o‘tkazilgan.

Afsuski, shuncha qilingan muolajalarga qaramay qizaloqning ahvoli juda og‘irligicha qolmoqda.