$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 8-mayning eng muhim voqealari dayjesti

8-may

O‘zbekiston va BAA turizm sohasidagi aloqalarni jadallashtirishmoqda

O'zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev joriy yilning 2-3-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan III-Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Iqtisodiyot vaziri Abdulloh bin Tuk Al Marri bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra o‘zaro turizm targ‘ibot kampaniyalarini kuchaytirish, BAA ishbilarmon doiralari va sarmoyadorlarini mamlakatimizga jalb qilish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.

O‘zbek olimasiga Pokistonning yuksak mukofoti topshirildi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti Muhayyo Abdurahmonova urdu tilini O‘zbekistonda targ‘ib qilish hamda Pokiston va O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan xizmatlari uchun "Tamgha e Imtiaz", ya'ni "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi.

Gʻalaba bogʻi hududida yangi majmua

Prezident 8-may kuni “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qoʻygandan soʻng, Gʻalaba bogʻida barpo etilishi rejalashtirilayotgan yangi majmua loyihasi bilan tanishgan.

Bu majmua mustaqillik yillarida vatan himoyasi va yurt tinchligi uchun jon berganlar xotirasiga bag'ishlanadi.

Mahallangizga sport maydonchasi sovg'a qilishingiz mumkin

O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashabbusi bilan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida respublikamizning barcha tuman, shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo'yicha tanlov o'tkazilmoqda.

Loyihada faol ishtirok etgan holda mahallangiz hududida farzandlaringiz uchun sport maydonchasi yutib olishingiz mumkin

Теги :
Жамият