$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 2-mayning eng muhim voqealari dayjesti

2-may day

O‘zbekiston Prezidenti Singapur Parlamenti Spikerini qabul qildi

O‘tgan bir yilda O‘zbekiston-Singapur munosabatlarida ulkan natijalarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikkita davlat tashrifi muvaffaqiyatli o‘tkazildi, tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma loyihalar soni, shu jumladan to‘qimachilik va kimyo, qishloq xo‘jaligi, logistika va boshqa tarmoqlarda izchil oshib bormoqda.

Oliy darajadagi kelishuvlar ustidan birgalikda samarali parlament nazoratini o‘rnatish muhimligi ta’kidlandi.

Yangi hokimlar

Andijon tumani hokimi lavozimiga Yo‘ldoshev Boburbek Bahodirovich tayinlandi. Boburbek Yo‘ldoshev 1986-yili Andijon shahrida tug‘ilgan. 2008-yili Andijon muhandislik- iqtisodiyot institutini tamomlagan.  

Marhamat tumani hokimi lavozimiga Ma’murov O‘tkirbek Komiljonovich tayinladi. O‘tkirbek Ma’murov 1973-yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda K.Timirzayev nomli Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasini tamomlagan.  

Buloqboshi tumani hokimi lavozimiga Bo‘taxonov Furqatbek Tojimuhammadovich tayinlandi. Furkatbek Bo‘taxonov 1985-yilda Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 2013-yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.  

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan “Asakabank” xususiylashtiriladi

Forum doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan O‘zbekistonning yirik banklaridan biri bo‘lgan “Asakabank”ni xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi.  

Moliyaviy resurslarga talabni qondirish uchun kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha yondashuvlar qayta ko‘rib chiqilmoqda. O‘zbekistonda xalqaro moliyalashtirish instrumentlarini rivojlantirish ustida ish olib borilmoqda.  

90 dan ortiq davlatlarga vizasiz rejim

Nizolarni adolatli hal etish maqsadida Toshkent xalqaro arbitraj markazi muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Uning tarkibida Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsiya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlardan 90 dan ortiq nufuzli hakamlar o‘rin olgan.

O‘zbekistonda 90 dan ortiq davlatlarga vizasiz rejim joriy etildi.  

Теги :
Жамият