$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 7-may voqealari

Qora 7-may

 YTHga uchragan jamoat transporti

Ijtimoiy tarmoqlarda ichida yo'lovchilari bo'lgan avtobus biton to'siq bilan to'qnashib ketganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Hodisa 30-aprel kuni Yakkasaroy tumani kichik halqa yo'lida soat 22:00 atrofida 69-yo'nalishda harakatlanuvchi avtobus, haydovchi ehtiyotsizligi oqibatida yo'l chetidagi biton to'siqqa borib uriladi.

30 yillik ish tajribasiga ega bo'lgan 60 yoshli haydovchi boshqaruvida yo'l transport hodisasiga uchragan avtobusda 10 dan ortiq odam bo'lgan. Yaxshi tarafi, ularga hechqanday tan jarohati yetmaganligi aytilgan.

Mas'ullar barcha haydovchilar tibbiy ko'rikdan o'tkazilishi ta'kidlagan. Avtobus urilgan yo'l to'sig'i esa ikkiga bo'linib ketgan.

Abdurauf Qorjovov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, uzoq yillar davomida O‘zbekiston teleradiokompaniyasida faoliyat yuritgan Abdurauf Qorjovov 68 yoshida vafot etdi.

Abdurauf Qorjovov 1956-yil 21-sentyabrda Samarqand viloyatining Payariq tumanida tavallud topgan. 1981-yilda Toshkent davlat universiteti – hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan.

O‘z mehnat faoliyatini “O‘zbekiston ovozi” gazetasida dastlab musahhih, keyinroq esa muxbirlikdan boshlagan.

Sel oqibatida 360 bosh qo‘y nobud bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir gala qo‘ylar jasadini yuk mashinasidan chuqurlikka to‘kib ketilayotgani bo‘yicha xabar e’lon qilindi. Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 29-30-aprel, 1-may kunlarida yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lishi oqibatida Sherobod tumanining Bog‘iobod mahallasi hududiga kuchli sel kelgan. Oqibatda mahalladagi qishloqqa adirlikdan kelgan kuchli sel qo‘radagi 360 bosh qo‘yni nobud qilgan.

Murojaatda ko‘rsatilgan hududda hozirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi tomonidan vaziyat nazoratga olinib, nobud bo‘lgan qo‘ylardan har xil kasalliklar tarqamasligi uchun ular dezinfeksiya qilib ko‘milgan.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmni bog‘lovchi ko‘prik ikki kunga yopildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida fevral oyi oxirida ochilgan ko‘prik ikki kunga yopildi.

Qayd etilishicha, ko‘prik Qipchoq-Blok post stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasini jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha ishlar olib borilishi munosabati bilan 2024 yil 7 may kuni soat 14:00 dan 9 may soat 14:00 gacha avtotransport vositalari harakati qo‘shma ko‘prikda vaqtincha to‘xtatiladi.

Ushbu davr mobaynida avtotransport vositalari harakati Qipchoq ponton ko‘prigi orqali amalga oshiriladi.

Теги :
Жамият