$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 2-may voqealari

qora 2-may

Valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan R.A.( muqaddam sudlangan) va boshqalar jami 4 700 AQSh dollarini fuqaro S.D.ga 59,9 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurota tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.” fermer xoʻjaligi mas'ul shaxslari “Mustaqillik” MFY hududidagi suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 129,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Kuchli ta'sir qiluvchi dori vositasini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “A.Sh.” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi G.L. hech qanday hujjatsiz jami 245 dona “Reduksin” nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositasini fuqaro B.M.ga 5,9 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Oʻn yilga ijaraga berilgan yerni sotayotgan rahbar qoʻlga olindi

Buxoroda mas'uliyati cheklangan jamiyat rahbari Romitan tuman hokimligi tomonidan intensiv bogʻ tashkil qilish maqsadida 10 yil muddatga ijaraga berilgan yerini sotayotgan vaqtda qoʻlga olindi.

Теги :
Жамият