$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir guruh narkokuryerlar qo‘lga olindi

kishan

Giyohvand moddalarni yetishtirishdan tashqari ularni bu og‘u “qullari” qo‘liga yetkazib beruvchilar ham jamiyat uchun yaxshigina xavflidir.

Narko “dehqonlar” qo‘lga olindi

Shaharlar bo‘ylab narkotik moddalarni ekish, o‘stirish va olib kirishdan tashqari, ularni taqsimlab, narkotikka qul bo‘lib qolganlar uchun maxsus joylarga bekitib chiquvchi kichik kuryerlar ham juda xavflidir. Shunday yoshlardan yana bir guruhi qo‘lga olindi.

Donasiga 50 ming so‘mdan

Mirobod tumani Yangi zamon mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida yurgan shubhali shaxslarni mahalla inspektori tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lgan. Ular tekshirilganida yonlaridan yaxshilab o‘ralgan 17 dona narkotik moddalari topilgan.

Qo‘lga olinganlar bu ishlari uchun ularga har bitta o‘ram uchun 50 ming so‘m miqdorida to‘lanishini, biry oydan buyon narkokuryerlik bilan shug‘ullanib kelishlarini aytishgan. 

Qonuniy jazo va tergov jarayonlari

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.