$
 12774.34
-10.63
 13848.66
17.88
 132.17
0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

“Termiz xalqaro savdo markazi" zonasida 15 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi

mall

Prezident Shavkat Mirziyoyev "Termiz xalqaro savdo markazi" erkin savdo zonasini rivojlantirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni tasdiqladi.

Afg‘oniston va Pokistonga mulk huquqi bilan sotib olish huquqi beriladi

Farmon bilan markaz hududida faoliyat yurituvchi O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlariga Afg‘oniston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnoma olmasdan mehnat shartnomalari asosida ishga qabul qilishga ruxsat beriladi.

Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga savdo do‘konlari, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bino va inshootlarni ijaraga olish, shuningdek, istisno tariqasida, mulk huquqi bilan sotib olish huquqi beriladi. Bunda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq qonunchilikda belgilangan tartibda ijara huquqi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

AQSH dollari, Rossiya rubli, yevro va yuan valyutalari

Shu bilan birga, ulgurji va chakana savdoda to‘lov vositasi sifatida, istisno tariqasida, o‘zbek so‘mi bilan bir vaqtda AQSH dollari, Rossiya rubli, yevro, yuan valyutalarini qabul qilishga ruxsat beriladi. Bunda qabul qilingan naqd xorijiy valyuta Markazda tashkil etilgan tijorat banklari filiallari orqali Markazda faoliyat yuritadigan yuridik shaxslarning hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.

Vizasiz O‘zbekistonda bo‘lish muddati 15 kun

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, chegara va bojxona nazoratidan o‘tgan holda maxsus yo‘lak orqali kirishi (chiqishi) hamda o‘n besh kun muddatgacha markaz hududida bo‘lishi tartibi joriy etiladi.

Yangi tartib qanday?

Yangi tartibga muvofiq, markaz hududida:

- sotib olingan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (Tax free) qoidalari qo‘llanmaydi;

- xarid qilingan tovarlar O‘zbekiston hududiga belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari to‘langandan so‘ng olib kiriladi. Bunda bojsiz olib kirish normalari tatbiq etilmaydi;

- joylashgan obyektlarni boshqarish, ekspluatatsiya qilish, ijaraga berish va sotish Termez International Trade Centre MCHJ tomonidan amalga oshiriladi;

- jamoat tartibini saqlash, sodir etilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha surishtiruv va tergov tadbirlarini o‘tkazish qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 Shuningdek, Afg‘onistonning Mozori Sharif shahridan markaz hududigacha (95 km) ekspress avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Теги :
Жамият