$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

“$700 mln. qarzingiz bor deyishdi” – Moldova prezidentining intervyusi bizga qanchalik bog‘liq?

m s 5 8

Moldova davlat rahbari Mayya Sandu jurnalist Yuriy Dudga intervyu berdi. Unda Rossiyaning Moldova hukumatini “chuv tushirmoqchi” bo‘lgani haqida so‘z borgan.

Prezidentning oddiy hayoti

Mamlakat rahbari intervyuda o‘zining hayoti haqida gapirib, hozir ham prezident bo‘lishidan oldin sotib olgan 2 xonali uyda yashashini aytdi. Jurnalist hazil sifatida bergan “Tepadagi qo‘shnilar suv tushirib yuborishlari ham mumkinmi?”, degan savolga, ha bo‘lishi mumkin, hatto bir marta bu sodir bo‘lgan ham, deya javob berdi. U prezidentlar qarorgohida yashashni istamay, uni xalqqa berib yubormoqchi ekani, ammo buning xarajatlari kattaligi tufayli shunchaki xalq uchun tomosha joyi qilib qo‘yilganini aytgan. Undan tashqari, Sandu faqat oylikka (850 yevro) yashashini, eng katta maoshi Jahon Bankida ishlaganida 10 000 yevro bo‘lganini keltirgan.

“Rus kompaniyalari gazdan $700 million qarzingiz bor deyishdi”

Uning aytishicha, 2022-yilda Moldovada gaz inqirozi yuz berdi, shunda Rossiya “Moldovogaz” ularda 700 million dollar qarz, agar to‘lamasa boshqa gaz bermasligini aytgan. Prezident esa xalqaro auditlarni ishga jalb qilib holatni o‘rganganida, qarz 700 emas, atigi 8 millionni tashkil etgan. Shundan boshlab biz Yevropadan gaz olamiz, deydi davlat rahbari.

“Rossiya bizga ham shu usulni qo‘llagan bo‘lishi mumkin”

Ushbu intervyu haqida gapirar ekan, jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev ushbu holat biz bilan ham sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi. 2019-yilda “Лукойл” bizning ulardan 600 million dollar qarzimiz borligini bildirgan, ammo o‘sha yildagi gaz ishlab chiqarish, import va eksportning ulushiga qaraydigan bo‘lsak, bunday bo‘lishi mumkin emasdek. “Rossiya kompaniyasi xalqaro auditorlarni jalb etmasligimizni bilib, bizni chuv tushirgan bo‘lishi mumkin”, - deya fikrini yakunlaydi u.