$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Putin inauguratsiyasi: Rossiyada Stalindan keyin eng uzoq boshqaruv

Putin

Bugun Moskvadagi Katta Kreml saroyida Vladimir Putinning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Putin Rossiya prezidenti sifatida qasamyod qildi. 

Inauguratsiya marosimi 

Bugun, 7-may kuni Moskvadagi Katta Kreml saroyida Vladimir Putinning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Vladimr Putin Rossiyaning navbatdagi prezidenti sifatida Rossiya xalqiga sodiq qolishga tantanali qasamyod qabul qildi. Ta’kidlash joiz, bu Putinning hayotidagi beshinchi marta prezident sifatida qasamyod qilish marosimi. Tantanali marosimdan so‘ng Rossiya Konstitutsion sudi raisi Valeriy Zorkin Vladimir Putin rasman bugundan boshlab yana prezidentlik lavozimiga kirishganini e’lon qildi.

Amaldagi qonun va “nollashtirish” siyosati

Ma’lumot o‘rnida, RF konstitutsiyasi bo‘yicha Rossiyada prezidentlik muddati 6-yilga teng bo‘lib, Putin ushbu marosimdan so‘ng 2030-yilgacha yana shu lavozimda qoladigan bo‘ldi. Aslida Rossiya konstitutsiyasiga ko‘ra bir, shaxs 2 muddatdan ortiq prezidentlik kursisini egallashi mumkin emas. Biroq 2000-yildan beri davlat tepasida qolayotgan Putin ushbu bosh qonunni referendum vositasida o‘zgartirib, o‘tgan muddatlarini “nollashtirib” olgach, o‘ziga yana ikki marotaba prezident bo‘lish huquqini yaratib oldi. U RFda bugungi kunga qadar 19-yil prezident, 4-yil bosh vazir sifatida faoliyat olib borib kelmoqda. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, Rossiyada Putin yana kamida 2036-yilgacha prezident bo‘lib qolishini ta’minlay oladi. O‘shanda Putin 84 yoshga kirgan bo‘ladi. Ayni paytda Rossiya prezidenti 72 yoshda.

Putin nimalar dedi?

Rossiya prezidenti vazifasiga kirishgan Putin marosimdagi nutqi davomida u uchun xalq manfaatlari va xavfsizligi hamma narsadan ustun bo‘lishini ta’kidladi. “Rossiyani ishonchli va halol hamkor deb biladigan barcha davlatlar bilan yaxshi munosabatlarni mustahkamlash uchun ochiq bo‘lganmiz va bo‘lamiz“, — dedi prezident. Quyida prezident nutqidan ahamiyatga molik jumlalarni qoldiramiz.

"Biz G‘arb davlatlari bilan muloqotdan bosh tortmaymiz"

“Tanlov ularniki: Rossiya taraqqiyotini to‘xtatishga urinishda davom etishmoqchimi, bosqinchilik siyosatini, mamlakatimizga yillar davomida doimiy bosim o‘tkazishni davom ettirish niyatidami yoki hamkorlik va tinchlik yo‘lini izlash niyatida“

“Xavfsizlik va strategik barqarorlik masalalari bo‘yicha gaplashish mumkin, lekin kuchli pozitsiyadan emas, hech qanday takabburlik, manmanlik va shaxsiy eksklyuzivliksiz – faqat teng shartlarda, bir-birining manfaatlarini hurmat qilgan holda“.

Eng uzoq hukmronlik qilganlar

Putin Sovet Ittifoqidan to bugungi kunga qadar Rossiyada eng uzoq hukmronlik qilgan rahbarlar ichida 2-pog'onani band etib turibdi. Kuchli uchlik ro'yxati quyidagicha:

1. Iosif Stalin — 1924-yildan 1953-yilgacha, ya'ni 29 yil davomida hukumat tepasida bo'lgan.

2. Vladimir Putin — 2000-yildan 2008-yilgacha va 2012-yildan hozirgi kunga qadar. Umumiy hisobda 23 yildan ortiq hukmronlik qilgan.

3. Leonid Brejniv —1964-yildan 1982-yilgacha, ya'ni 18 yil davomida hukmronlik qilgan.

Теги :
Жамият