$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Ommaviy deportatsiya: O‘zbekistonlik muhojirlar ham RFga kira olmayapti

immigrants

So‘nggi kunlarda rossiyalik chegarachilar aeroportlar va yer usti o‘tkazish punktlarida nafaqat Tojikiston fuqarolari, balki O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kelgan muhojirlarga ham Rossiya hududiga kirishni ommaviy ravishda taqiqlamoqda. Bu haqda Tojikiston TIV xabar berdi.

4500 nafar insonlar yer usti nazorat punktlarida qolib ketishdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirliklari hozircha holatga izoh bermagan.

Huquq himoyachisi Valentina Chupikning aytishicha, muhojirlarni mamlakatga kirish vaqtida ommaviy qo‘lga olish 24-aprelda boshlangan va 1-mayga kelib Rossiya aeroportlarida 4500 ga yaqin odam to‘plangan va xuddi shuncha odam yer usti nazorat punktlari orqali kiritilmagan.

Ushlab turilganlarning to‘rtdan ikki qimi O‘zbekistonliklar

Huquq himoyachisining aytishicha, ushlab turilganlarning to‘rtdan bir qismigina Tojikiston fuqarolari, undan ikki hissa ko‘pi — O‘zbekistondan kelgan muhojirlar, qolganlari Qirg‘iziston vakillari.

“Qo‘lga olinganlarning aksariyati bir-ikki kun ichida «deport» qilinadi, lekin ba'zi hollarda qaytarib yuborish bir haftagacha cho‘zilishi mumkin”, - dedi Chupik.

Muhojirlar och va suvsiz qolgan

24-apreldan buyon huquq himoyachisiga chegarachilar tomonidan qo‘lga olingan muhojirlardan ikki yuzga yaqin murojaat kelib tushgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, odamlar och va suvsiz qolishgan, hatto hojatxonaga kira olishmayapti. Telefonlari olib qo‘yilgan va hech qanday tushuntirish berilmayapti.

Sharfli ayollar va soqolli erkaklar kiritilmaydi

Sharfli ayollar va soqolli erkaklar Rossiyaga kiritilmaydi. Kirishga ruhsat berilmayotganlarning aksariyati ilgari ham Rossiyaga ishlash uchun kelgan.

“Rossiyadan muhojirlarni bunchalik ommaviy chiqarib yuborish hali hech qachon bo‘lmagan”, - deydi Chupik.

Muhojirlarning ahvoli haqida faqat Tojikiston TIV xabar berdi

Rossiyadagi nazorat-o‘tkazish punktlaridagi muhojirlar muammolari haqida faqat Tojikiston tashqi ishlar vazirligi ochiq xabar berdi. Vazirlik mamlakat fuqarolariga «o‘ta zarurat bo‘lmasa, Rossiyaga borishdan vaqtincha tiyilish»ni tavsiya qilgan edi.

Yakshanba kuni 954 nafar Tojikiston fuqarosi Vnukovo aeroportida tegishli sanitariya sharoitlarisiz qolayotgani haqida xabar berildi.

Chorshanba kuni Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qilib, mamlakat fuqarolarining huquqlari va ikki tomonlama kelishuvlar buzilgani haqida gapirgan. Lavrov «ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ma'lum bir millatga qarshi emas», deb aytgan.

Теги :
Жамият