$
 12774.34
-10.63
 13848.66
17.88
 132.17
0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Osiyo Kubogiga mezbonlik qiladi

Womens cup

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogining 2026 va 2029-yillardagi mezbonlarini rasman e’lon qildi.

Ishonch belgisi

Tashkilotning rasmiy saytidagi xabarda qayd etilishicha, 2026 yilgi turnir Avstraliyaga topshirilgan bo‘lsa, 2029-yilga turnirga O‘zbekiston mezbonlik qilishi e’lon qilingan. Tailand poytaxti Bangkokda o‘tgan OFK ijroiya qo‘mitasi kongressida OFK prezidenti Shayx Salmon bu haqda e’lon qilib, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovga turnir yuqori saviyada o‘tishiga ishonch bildirdi.

Jahon Chempionatiga mezbonlik

Ma’lumot uchun, FIFA 2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionati mezbonligini O‘zbekistonga ishonib topshirgan. Futzal bo‘yicha dunyo mundialining hal qiluvchi uchrashuvlari mezboni sifatida uchta shahar – poytaxt Toshkent, qadimiy Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan Buxoro va vodiy durdonasi sanaladigan Andijon tanlab olingan. Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tadigan FIFA shafeligidagi musobaqada dunyoning eng kuchli 24 milliy jamoasi futzal bo‘yicha Jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. Tarixda 10-bor tashkil etilayotgan musobaqada amaldagi g‘olib Portugaliyadan tortib, besh karra chempion Braziliya, shuningdek, Fransiya va Yangi Zelandiya kabi debyutantlar joriy yilning 14-sentyabr va 6-oktyabr kunlari yurtimizda jam bo‘lishadi. Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlari mezbonlik qiladigan mundialning rasmiy qur’a tashlash marosimi shu yilning 26-may sanasida tashkil etiladi. Tadbir Samarqand shahridagi Registon maydonida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.