$
 12694.87
-25.13
 13766.32
-61.59
 139.48
-0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda qancha urush faxriylari istiqomat qiladi?

faxriy

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari soni o‘tgan yilga nisbatan keskin kamaygan.

O‘tgan yilga nisbatan yo‘qotishlar 

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda 112 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi istiqomat qilib kelmoqda. Bir yil oldin ularning soni 174 nafarni tashkil qilgan. Afsuski, o‘tgan yilga nisbatan yo‘qotishlar soni 62 tani tashkil qilmoqda. Ularning eng ko‘pi Toshkent shahrida: 42 nafar faxriy istiqomat qilmoqda. Eng kami esa Sirdaryo viloyatida: 1 nafar.

O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan urush faxriylari soni viloyatlar kesimida:

- Toshkent shahri – 42 nafar;

- Toshkent viloyati – 16;

- Farg‘ona viloyati – 9;

- Qashqadaryo viloyati – 8;

- Buxoro viloyati – 6;

- Andijon viloyati – 5;

- Xorazm viloyati – 5;

- Namangan viloyati – 4;

- Navoiy viloyati – 4;

- Samarqand viloyati – 4;

- Surxondaryo viloyati – 3;

- Jizzax viloyati – 3;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2;

- Sirdaryo viloyati – 1.

Bir martalik nafaqa 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan tashqari 5271 nafar mehnat faxriysi ham istiqomat qilib kelmoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yilda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining har biriga 20 million so‘m miqdorida bir martalik nafaqa to‘lanishi haqida xabar berilgan edi.