$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Magistratura va doktorantura uchun sertifikat talablari o‘zgartiriladi

masters degree magistratura

Xabaringiz bor, 2021—2022-o‘quv yilidan e’tiboran magistratura va doktorantura bosqichida ta’lim olish istagida bo‘lganlar uchun til bilish sertifikati talabi joriy etilgan edi.

Ayrim talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilindi

Joriy yildan Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:

➖ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;

➖ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi;

O‘zgarishlar hammaga birdek emas

Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi.