$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Farg‘onada bola o‘g‘rilari paydo bo‘ldimi?

bola o

Tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Unda Buvayda tumani Sho‘rqishloq mahallasida bog‘chadan qaytayotgan ikki bolani notanish shaxslar avtomobilga majburan o‘tqazib, o‘g‘irlashga uringan va qarindosh ayolning hushyorligi sabab muammoli holat bartaraf etilgani aytilgan.

Rasmiylar nima deydi?

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati boshlig‘i Ismoil Sharipov izoh berdi.

— Xabar o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q. Aholidan bunday xabarlardan noto‘g‘ri xulosa chiqarib, vahimaga tushmaslikni so‘raymiz, — dedi viloyat IIB vakili.

Qo‘shimcha qilinishicha, agar bunday holatlar tasdiqlansa yoki aniqlansa viloyat IIB tomonidan nazoratga olinib, aybdorga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlanadi.