$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

3 yil ichida mamlakatdagi pul to‘lovlari va o‘tkazmalari ikki baravarga oshishi mumkin

cashless payments

KPMG Caucasus and Central Asia jamoasi O‘zbekistonda naqd pulsiz to‘lovlar va tovarlarni bo‘lib-bo‘lib sotib olish segmentlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. O‘rganishlar asosida tuzilgan prognozlarga ko‘ra, 2027-yilga kelib pul to‘lovlari va o‘tkazmalari hajmi ikki baravar oshishi kutilmoqda.

Sabab fintech rivojlanishi

Unda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar bozori jadal o‘sishda davom etmoqda. 2022-yilda naqd pulsiz to‘lovlar va o‘tkazmalarning umumiy ulushi O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi qariyb 58 foizni, chakana kreditlash bozori jami yillik o‘sishi esa 2020—2023-yillarda 66 foizni tashkil etdi.

Naqd pulsiz operatsiyalar raqamlarda

Banklarning naqd pulsiz operatsiyalar (to‘lovlar va pul o‘tkazmalari) bozori aylanmasi 2022-yilda 36,2 milliard AQSH dollariga, to‘lov tashkilotlariniki 10,5 milliard AQSH dollariga yetdi. 2027-yilga borib naqd pulsiz operatsiyalar umumiy hajmi 107 milliard dollardan 125 milliard dollargacha bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

“Umuman olganda, naqd pulsiz tranzaksiyalar hajmining 22 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu ko‘p jihatdan pul o‘tkazmalarining jami yillik o‘sishi bilan bog‘liq. 2027-yilga borib moliyalashtiriladigan tranzaksiyalar hajmining 4 barobar o‘sishi kutilayotgan POS moliyalashtirish va muddatli to‘lovlar bozorida yanada dinamik o‘sish prognoz qilinmoqda”, — deydi KPMG Caucasus and Central Asia hamkori Farrux Abdullaxonov.

“Hozir sotib ol, keyin to‘la” bozori hajmi

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2027-yilga borib POS moliyalashtirish va BNPL (Buy Now, Pay Later) bozori umumiy hajmi tovar aylanmasi bo‘yicha 1,5 milliard dollardan 2 milliard dollargacha bo‘lishi prognoz qilinmoqda, yillik jami o‘sish esa 38-42 foizni tashkil etadi.

“POS moliyalashtirish va muddatli to‘lovlar bozorida yanada kuchli o‘sish onlayn segment — elektron tijoratda kutilmoqda, garchi tarixan bo‘lib-bo‘lib to‘lash ko‘proq oflayn segmentda ommalashgan va rivojlangan bo‘lsada. Elektron tijorat savdo aylanmasining o‘sishi bilan iste’molchilar muddatli to‘lovning onlayn xizmatlariga ko‘proq ishonch bildirayotganini ko‘ryapmiz”, — deydi kompaniyaning yana bir hamkori Vitaliy Yakovlev.

KPMG Caucasus and Central Asia tadqiqotiga ko‘ra, so‘nggi bir necha yilda investorlarning O‘zbekistondagi moliyaviy texnologiyalar bozoriga qiziqishi ham sezilarli darajada oshgan.

Теги :
Жамият