$
 12699.85
-18.23
 13694.25
-15.84
 139.02
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonning eng ishbilarmon hududlari qaysi?

Tadbirkorlik

O‘zbekistondagi iqtisodiy vaziyatni baholash uchun Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi muntazam ravishda viloyat va tuman darajasida tadbirkorlik faoliyati holatini kuzatib boradi. 

Qaysi ma’lumotlar asosida hisoblanadi?

O‘zbekiston Respublikasi hududlarida ishbilarmonlik faolligi tahlili har oyda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tezkor ma’lumotlar asosida (respublikaning barcha sohalari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring, Davlat bojxona qo‘mitasi, DSQ, MB va O‘zRXTB) hisoblab chiqiladi.


Soliq tushumlari

Monitoring natijalariga ko‘ra, joriy yilning mart oyida soliq tushumlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,5%ga oshdi. Shu bilan birga, soliq tushumlari Surxondaryo (11,1%), Farg‘ona (5,5%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (12,9%) sezilarli darajada oshgani qayd etildi. Soliq tushumlari manbalari bo‘yicha mol-mulk solig‘idan olinadigan daromad 31%ga, yer solig‘i 30%ga va daromad solig‘i 17%ga oshdi.

Bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar 

Bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar 20,3%ga oshdi. Eng sezilarli o‘sish Jizzax (180,4%), Qashqadaryo (152,5%), Xorazm (55,8%) va Navoiy (51,7%) viloyatlarida qayd etildi. Bojxona tushumlarining o‘sishi asosan, transport uskunalari va uning butlovchi qismlari, metall va metall buyumlar, texnik jihozlar va elektrotexnika va uning tarkibiy qismlari kabi mahsulotlar importining ko‘payishi bilan bog‘liq. Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tovarlar eksporti 5,8%ga oshgan. Eksport hajmi eng yuqori bo‘lgan hududlar Navoiy (54,2%), Qashqadaryo (37,9%), Xorazm (32,9%) va Samarqand (29,7%) viloyatlari bo‘ldi.

Kreditlar hajmi

Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi 0,2%ga oshdi. Kreditlar berish bo‘yicha eng katta o‘sish Navoiy viloyatida (8,4%ga) va Toshkent shahrida (10,5%ga) qayd etildi.

Tovar-xomashyo birjasida bitimlar 

Oy davomida O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida bitimlar 50,1%ga o‘sdi. Birja faoliyati o‘sishini ta’minlagan viloyatlar Jizzax (171,2%), Sirdaryo (151,3%), Xorazm (101,2%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (161,9%) bo‘ldi. Ushbu hududlarda bitimlar hajmining o‘sishiga paxta tolasi, suyultirilgan gaz, avtomobil benzini, mineral o‘g‘itlar, qurilish va maishiy materiallar, bug‘doy uni, texnik urug‘lar, bug‘doy, rangli metallar, dizel yoqilg‘isi, shakar, qora metallar va polietilen kabi tovarlarni sotishni ko‘paytirish hisobiga ta’minlanmoqda.

Tadbirkorlik subyektlari

Mart oyida 19,4 mingta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan bo‘lib, ularning eng ko‘pi Toshkent shahrida – 4 107 ta, Samarqand - 1 945 ta, Farg‘ona – 1 667 ta, Toshkent – 1 569 ta viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida -944 ta ro‘yxatga olingan.