$
 12699.85
-18.23
 13694.25
-15.84
 139.02
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Parijga bir qadam qoldi

U23

Bugun O‘zbekiston OTJ Qatarda davom etayotgan Osiyo kubogining yarim final uchrashuvida Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi. Ahamiyatlisi shuki, ushbu uchrashuvdagi g‘alaba Timur Kapadze shogirdlarini Parij yozgi olimpiya o‘yinlariga olib chiqadi.

"Ularda ham charchoq bo‘ladi"

O‘zbekiston OTJ yetakchilaridan biri Abdurauf Bo‘riyev kecha tashkil etilgan mashg‘ulotlarda Indoneziyaga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi. "Raqibni har tomonlama o‘rganib chiqdik. Ularning kuchsiz va kuchli tomonlarini ko‘rdik, biz ertangi uchrashuvga tayyormiz. Xudo xohlasa, g‘alaba qozonamiz. Ular bizdan 1 kun ko‘proq dam olishdi, biroq chorak finalda 120 daqiqa futbol o‘ynashdi. Ularda ham charchoq bo‘ladi. O‘yindan so‘ng qayta tiklanish mashg‘ulotlari olib borildi. Bu bizga muammo bo‘lmaydi deb o‘ylayman. Ular asosan qarshi hujumda o‘ynashmoqda. Koreya Respublikasiga qarshi uchrashuvda ham ular qarshi hujumlar orqali o‘ynashdi va g‘alabani tantana qilishdi" — dedi Bo‘riyev.

Asosiy tarkib qanday bo‘ladi?

O‘zbek futboli muxlislari ichida "o‘zbek Romanosi" deya ta’riflanuvchi insayder Narzulla Saydullayev Telegramdagi o‘z kanalida bo‘lajak uchrashuv uchun taxminiy tarkibini ma’lum qildi.

Darvozabon: Abduvohid Ne’matov

Himoyachilar: Saidazamat Mirsaidov, Muhammadqodir Hamraliyev, Abduqodir Husanov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev

Yarim himoyachilar: Abdurauf Bo‘riyev, Jasur Jaloliddinov, Diyor Xolmatov

Hujumchilar: Abbosbek Fayzullayev, Alisher Odilov, Hojimat Erkinov.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 29-aprel Toshkent vaqti bilan 19:00 da «Abdulloh Bin Xalifa» stadionida start oladi. "Sport" telekanali orqali namoyish qilinadigan bahsni taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev sharhlab boradi.

Теги :
Жамият