$
 12699.85
-18.23
 13694.25
-15.84
 139.02
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi og‘ilxonadan topildi

Crime

Bir necha kun oldin Surxondaryo viloyati Denov tumani “Dahana” mahallasida yashovchi Xusin Urunov bedarak yo‘qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, erkak qotillik alomatlari bilan topilgan.

Jasad molxonada ko‘mib qo‘yilgan

Qayd etilishicha, bedarak yo‘qolgan 1986-yilda tug‘ilgan erkakning jasadi qotillik alomatlari bilan 26-aprel kuni Denov tumani “Nurli Manzil” mahallasida joylashgan yashash uyning og‘ilxonasi (molxona) ichida ko‘milgan topilgan.

Qotil 40 million so‘mni olib qochgan

Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi o‘ldirilgan fuqarodan 40 million so‘m olib, qochib ketgan. Jasad topilgan uy ham aynan gumonlanuvchiga tegishli bo‘lgan.

Gumonlanuvchi ushlandi

Jinoyatni fosh etish maqsadida prokuratura hamda ichki ishlar organlarining  xodimlaridan tuzilgan tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘rilgan zarur choralar natijasida gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “j, i” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harkatlari olib borilib, sodir etilgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.

 “Valyutchiklik” bilan shug‘ullangan

Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, marhum valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan.

Topganga 10 million so‘m

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyati IIB “Dahana” mahallasida yashovchi 38 yoshli fuqaroning g‘oyib bo‘lgani haqida xabar bergan edi . Fuqaro 16-aprel kuni uyidan chiqib ketgan va qaytib kelmagan. Ular uning qayerda ekanligi haqidagi ma’lumot uchun 10 million so‘m mukofot puli berishga va’da berishgan.

Теги :
Жамият